TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Moskvaning sharqiy qismida joylashgan "Persey" savdo markazida yong‘in chiqdi. Hozirda qutqaruvchilar savdo markazidan odamlarni evakuatsiya qilishmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
"Yong‘inga 2-chi daraja berildi. Jabrlanganlar bor. Odamlar zaxira chiqish yo‘llar orqali evakuatsiya qilinmoqda", — deb ta’kidladi agenlikka suhbatdosh.
Moskva FVV BB matbuot xizmati ushbu savdo markazida yong‘in chiqqanligini tasdiqladi.
"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in savdo markazining 4-chi qavatida yuzaga kelgan. Yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda. Zudlik bilan voqea joyiga yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib borishgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumotlar kelib tushmadi", — deyilgan xabarda.
Keyinchalik, savdo markazning bir nafar xodimi halok bo‘lganligi hamda 3 nafar yong‘in xavfsizligi xodimlari jabrlanganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda hududda o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ish olib bormoqda.