Afg‘oniston bilan o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

Ushbu shartnoma 2017-yil 5-dekabrda Samarqand shahrida Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anini tashrif chog‘ida tuzilgandi.
Sputnik

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi Qonunni imzoladi.

Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent anjumani: kutilgan reaksiya, AQSh pozitsiyasi va tinchlik sulhi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ushbu qonuni yanvar oyida qabul qilgandi, Senat esam mart oyi yakunida taqdiqlagandi. Ushbu shartnoma 2017-yil 5-dekabrda Samarqand shahrida Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anini tashrif chog‘ida tuzilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuv "ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uni yanada taraqqiy ettirishga xizmat qiladi". Hujjat, xususan, ikki mamlakat fuqarolarini huquqiy himoya borasida teng imkoniyatlar bilan ta’minlaydi.

Afg‘oniston prezidentining o‘tgan yili O‘zbekistonga tashrif buyurishi ikki mamlakat munosabatlarida yangi sahifa ochdi. Tashrif yakunlariga ko‘ra siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik qilish to‘g‘risida 20 ta hujjat imzolangandi. Shuningdek, ikki mamalkat tashkilotlari orasida umumiy qiymati 500 mln dollar bo‘lgan 40 ga yaqin tijorat shartnomalari imzolangandi.