TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Rossiyaga G‘arb tomonidan bo‘layotgan mislsiz bosim — bu u o‘z-o‘zini kiritib qo‘ygan boshi berk ko‘cha ko‘rsatkichidir, deb ta’kidladi Rossiya Federatsiya Kengashi a’zosi Olga Timofeyeva.
Sputnik Belarus radiosi efirida Olga Timofeyeva "Skripal ishi" deb nomlanmish ish tufayli Buyuk Britaniya Rossiyaga nisbatan ilgari surayotgan ayblovlarga izoh bergan.
"G‘arbda boshlangan rossiyalik diplomatlarni janjalli tarzda chiqarib yuborilishi voqeasi juda yomon belgilarni ko‘rsatib bermoqda. Agar tasmani orqaga qaytarsak, ikkita jahon urushlari ham xuddi shunday — xalqaro huquq va xalqaro kelishuvlarni toptashdan boshlanganini ko‘ramiz. Rossiyaning bugungi kundagi yagona himoyasi — bu armiya va flot", — dedi Timoyeyeva.
To‘liqroq quyidagi havola bo‘yicha berilgan podkastda tinglash mumkin.