TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Barcha jalb qilingan tomonlar "Skripal ishi"da imkoni boricha tezroq haqiqatni qaror toptirib, sovuq urush va qarama-qarshilik fikrlaridan voz kechishlari lozim, deb bayonot qildi seshanba kuni XXR TIV rasmiy vakili Gen Shuan. RIA Novosti xabariga asosan.
U shuningdek, tomonlarni mavjud qarama-qarshiliklarni o‘zaro hurmat va tenglik ruhida bartaraf etishga chaqirdi.
Britaniyaning Solsberi shaharchasida 4-mart kuni britaniyalik josus Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan. Britaniya tomonning ta’kidiga ko‘ra, Skripallarning A234 moddasi bilan zaharlanishiga Rossiya davlatining qo‘li bor, Rossiya esa buni qat’iy rad etib kelmoqda. Ilgariroq Yevropaning qator davlatlari, xususan Fransiya, Germaniya va Polsha, Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Ukraina, Moldaviya, Xorvatiya, Albaniya, shuningdek, AQSh va Kanada umumiy hisobda 100 nafardan ziyod rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.