Samarqandda Markaziy Osiyo yoshlari forumi o‘tkaziladi

Forumni o‘tkazishdan maqsad buyuk o‘zbek mutafakkirlarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini xalqaro miqyosida keng targ‘ib qilishdir
Sputnik

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Samarqandda Markaziy Osiyo yoshlari forumi o‘tkaziladi, deb xabar qilmoqda "Zarafshon" gazetasi.

"Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo yoshlari forumi tadbirlari doirasida 2018-yil iyun oyida maktab o‘quvchilarining astronomiya va fizika fanlaridan buyuk mutafakkir, astronom Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiadasi tashkil etiladi", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, forumni o‘tkazishdan maqsad buyuk o‘zbek mutafakkirlarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini xalqaro miqyosida keng targ‘ib qilish, iqtidorli o‘quvchilarning xorijiy mamlakatlardagi tengdoshlari bilan do‘stona raqobat muhitini yaratish, ularni xalqaro olimpiadalarda qatnashish ko‘nikmasini mustahkamlashdan iborat.