Yangi bojxona kodeksi – halol raqobatni rivojlantirishga qaratilgan

Yangi kodeks tadbirkorlikni rivojlantirish, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish uchun barchaga bir xil imkoniyat yaratishga qaratilgan.
Sputnik

TOShKENT, 2 apr – Sputnik. Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida yangi bojxona kodeksi loyihasi muhokamaga chiqarildi.

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruv milliy agentligi, Bosh prokuratura va Davlat Bojxona qo‘mitasi  tomonidan ishlab chiqilgan yangi loyiha amaldagi bojxona qonunchiligidagi bir qator kamchiliklarini bartaraf qilishga qaratilgan.

Xususan, yangi kodeksda bojxona to‘lovlarini barcha uchun bir xil qilish va shu vaqtgacha berilgan imtiyozlarni bekor qilishga asosiy e’tibor qaratilgan.

Loyihada aytilishiga ko‘ra, amaldagi kodeksda belgigangan qo‘shimcha qiymat solig‘i imtiyozlari tufayli, 2017-yilda Davlat budjetiga hisoblangan bojlarning 25 %dan kami kelib tushgan.

Yangi bojxona kodeksi, quyidagi asosiy tamoyillarga amal qiladi:

  • Iqtisodning ustuvor rivojlanish yo‘nalishlarini hisobga olgan holda hamda global qo‘shimcha qiymat yaratish zanjirlariga muvofiqlik bilan kirish maqsadida bojxona nazorat va boshqarish rolini kuchaytirish;
  • Tashqi iqtisodiy faoliyatni nazorat qilishni yetakchi mamlakatlar tajribasidan va Jahon savdo tashkiloti prinsiplari va normalari asosida olib borish;
  • Mahaliy sanoatni qayta jihozlash uchun, olib kirilayotgan texnika va texnik uskunalar uchun qulay sharoitlarni saqlab qolish;
  • Mahsuloti eksportga yo‘naltirilayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni Respublikada ishlab chiqarilmayotgan xom-ashyo va materiallar bilan ta’minlash  uchun sharoit yaratish;
  • Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, lekin ularni asossiz himoya qilmaslik uchun, tayyor mahsulotlarga tarif eskalatsiyasi (kengayishi) prinsiplarini qo‘llash;
  • Bojxona to‘lovlari stavkalarini tashqi iqtisodiy faoliyat kodlari (TN VED) bo‘yicha klassifikatsiya qilish;
  • Aksiz soliqlarini va aksiz olinadigan tovarlar ro‘yxatini O‘zbekiston xalqaro shartnomalari normalariga muvofiqlashtirish;

Shuningdek, yangi bojxona kodeksida tayinlangan boj va aksizlar stavkalari 2018-yilning 1-mayidan boshlab tasdiqlanishi belgilangan.

Xususiylashtirilgan korxonalarga yordam berish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi bir oy ichida tadbirkorlik subyektlari orasida adolatli raqobat qilish va “kartel” shartnomalari tuzishni oldini olishga qaratilgan choralar ishlab chiqish topshirildi.

Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Statistika qo‘mitasi va Soliq qo‘mitasi ichki bozorda narxlarni doimiy monitoring qilib boradi va raqobatga xalal berayotgan holatlarni aniqlash bilan shug‘ullanadi.

Raqobatni cheklashga qaratilgan holatlar aniqlanganda ular haqidagi ma’lumot prokuratura organlariga yuboriladi.