Domodedovoda O‘zbekistondan kelgan radioaktiv posilka aniqlandi

Pochta yuklari orasida gamma-nur tarqatishi meyoridan 10 baravar ko‘p bo‘lgan jo‘natma borligi aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Rossiya Federal Bojxona xizmati va Rossiya pochta xizmati xodimlari Domodedovo aeroportida O‘zbekistondan kelgan radioaktiv pochta jo‘natmasini aniqlashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Yuklarni tekshirish vaqtida, "Yantar" maxsus asbobi pochta jo‘natmalaridan biri meyoridan 10 baravar kuchli gamma-nurli radiatsiya chiqarayotganini ko‘rsatgan. Xavfli buyum darhol maxsus himoya konteyneriga solingan.

Keyinchalik FGUP "Radon" xodimlari tomonidan aniqlanishiga ko‘ra uning ichida havo bosimini o‘lchaydigan barometr borligi aniqlangan. Shundan so‘ng xavfli posilka utilizatsiya qilingan.

"Ushbu jo‘natmani yuborgan shaxslar haqida ma’lumot ichki ishlar organlarga yuborilgan. Pochta jo‘natmalari xavfsizligi masalasi o‘ta muhim", — deyilgan xabarda.