"Skripal ishi"da zaharlangan grechka versiyasi paydo bo‘ldi

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, huquq tartibot organlari zaharlovchi modda, xususan grechkada bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmayapti
Sputnik

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Britaniyalik josus Sergey Skripal va uning qizini tarkibida A234 moddasi bo‘lgan grechka yordamida zaharlashgan bo‘lishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Bu haqda The Sun tabloidi o‘z manbasiga tayanib xabar bergan.

Rossiya Skripal ishi bo‘yicha KQTTga o‘n uchta savol yo‘lladi
Nashr xabariga ko‘ra, huquq tartibot organlari Skripallarning yirik tibbiy kompaniya xodimi bo‘lgan bir tanishini so‘roq qilishgan. Ayol zaharlangan grechkani olib o‘tishga aloqador bo‘lishi mumkinligi gumon qilinmoqda.

Qayd etilishicha, Skripal o‘z qizi Yuliyadan Rossiyadan kasha, lavr barglari va turli ziravorlarni olib kelishni so‘ragan.

Ammo Yuliya so‘rlagan narsalarni xarid qilishni yoddan chiqarib qo‘ygan va boshqa reys bilan Buyuk Britaniyaga uchayotgan dugonasidan bu borada iltimos qilgan. Yuliyaning tanishi tibbiyot kompaniyasida faoliyat yuritishi ta’kidlanmoqda. Uni politsiya so‘roq qilgan.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, huquq tartibot organlari zaharlovchi modda, xususan grechkada bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmayapti.

Ekspertlarga ko‘ra, "Novichok" singari moddani samolyotda bilimsiz olib o‘tish mumkinmas. BMTning biologik qurol bo‘yicha komissiyasi sobiq a’zosi bo‘lgan harbiy ekspert Igor Nikulinga ko‘ra, OAVlarda aytilayotgani kabi zaharning "chemondan"da olib o‘tilishi ishonchsiz dalil, chunki modda o‘tkir hidga va tezkor ta’sirga ega.

Uning aytishicha, bu singari asab tolalarini falaj qiluvchi gazlar 2-3 daqiqa ichida odamni o‘ldirishi mumkin.

"Skripal ishi"

Britaniyaning Solsberi shaharchasida 4-mart kuni britaniyalik josus Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi. Britaniya tomon Skripallarning A234 moddasi bilan zaharlanishida Rossiyaning aloqasi borligini ta’kidlamoqda. Rasmiy Moskva buni qat’iy inkor etib kelmoqda.

O‘tgan haftada Yevropa ittifoqining qator mamlakatlari, shuningdek, AQSh, Kanada, Norvegiya, Ukraina va ba’zi boshqa davlatlar Solsberidagi hodisa tufayli rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish qarorini qabul qildilar. Moskva xuddi shunday javob choralarini qo‘lladi.