Prezidentning Jizzaxga tashrifi: paxta eksporti, bog‘cha va maktablarda kameralar o‘rnatilishi

Sputnik

Prezident dastlab Zarbdor tumanidagi "Zarbdor tekstil" MChJ faoliyati bilan tanishdi.

"Mening eng katta maqsadim odamlarni ish bilan, daromad bilan ta’minlash. Endi bir kilogramm paxtamizniyam chetga sotmaymiz, yurtimizda qayta ishlaymiz, qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqaramiz", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga tashrifiga doir foto-suratlarni Sputnik jamlanmasida ko‘rishingiz mumkin.

1 / 10
Prezident dastlab Zarbdor tumanidagi "Zarbdor tekstil" MChJ faoliyati bilan tanishdi.
2 / 10
"Zarbdor tekstil" MChJ ishchilari.
3 / 10
Mirziyoyev terini qayta ishlash, agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat klasteri barpo etish, tuya suti bilan davolaydigan klinika tashkil qilish borasidagi takliflarga alohida e’tibor qaratdi.
4 / 10
Prezident Zarbdor tumanida yig‘ilish o‘tkazdi.
5 / 10
O‘zbekiston rahbari Jizzax shahridagi 2-ichki ishlar bo‘linmasini borib ko‘rdi. Jamoat joylariga, birinchi navbatda, bolalar bog‘chalari va maktablarga kuzatuv kameralari o‘rnatish bo‘yicha topshiriq berdi.
6 / 10
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida Jizzax shahri Mustaqillik ko‘chasida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilishini ko‘zdan kechirdi.
7 / 10
Mustaqillik ko‘chasida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uylar taqdimoti.
8 / 10
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Jizzax shahri Zargarlik mahallasida aholi bilan suhbatlashdi.
9 / 10
Prezident Forish tumanida suv ombori qurish orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, "Obod qishloq" dasturi asosida qishloqlardagi ahvolni yaxshilash xususida so‘z yuritdi.
10 / 10
"Ko‘rapsizlar, ko‘p tizimlarni o‘zgartirapmiz, odamlarga oson bo‘lishi uchun hamma choralarni ko‘rapmiz. Odamlar ham o‘zi uchun harakat qilishi, davlat yaratayotgan imkoniyatlardan foydalanishi kerak", - dedi Shavkat Mirziyoyev.