UzAirways Toshkent-Nyu-York aviareysi narxini tushirdi

Parvozlar Boing 787 Drimlayner samolyotida amalga oshiriladi
Sputnik

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. "O‘zbekistan xavo yullari" MAK 2018-yil 31-martdan Toshkent — Nyu-York — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha chiptalar narxini arzonlashtirdi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Nyu-Yorkka parvozlar sonini oshiradi

Ushbu yo‘nalishga "S" klassidagi chiptalarning narxi bir tomon uchun 288 yevrogacha qadar (89 yevroga), ikkala yo‘nalish bo‘yicha esa 496 yevrogacha (125 yevro) tushirilgan.

"O" klassidagi chiptalar narxi 377 yevrogacha (60 yevro), ikkala yo‘nalish bo‘yicha 621 yevrogacha (100 yevro) arzonlashdi.

Eslatib o‘tamiz, parvozlar Boing 787 Drimlayner samolyotida amalga oshiriladi.

Yangi turdagi samolyotlardan foydalanish uchun O‘zbekistonda ikki instruktor va 18 uchuvchidan iborat parvoz otradi tuzilgan.