Toshkent yoshlari "ProRun-Xashar" tashabbusi bilan chiqmoqda

Toshkentdagi - ProRun yugurish va jismoniy tayyorgarlik maktabi - "ProRun-Xashar" xayriya tadbirini o‘tkazmoqda. Tadbir tashkilotchilari o‘z tashabbuslariga "shaharni birgalikda tozalaylik" shiorini tanlashgan
Sputnik

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Toshkentdagi ProRun yugurish va jismoniy tayyorgarlik maktabi "ProRun-Xashar" tashabbusi bilan chiqmoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

"ProRun maktabidagi guruh mana shu shanbada — plogging yugurish tadbiriga chiqadilar" plogging!, — deyiladi maktabning Feysbukdagi sahifasida.

Bu degani, guruh qo‘liga yelimli qo‘lqop kiyib va paket ushlagan holda yugurib ko‘chada o‘zlari ko‘rgan barcha musor(chiqindi)larni teradilar. "Biz "ProRun-Hashar" o‘tkazamiz!", — deb qo‘shimcha qilgan tashabbuskor guruh.

 

(ma’lumot uchun: "plogging" so‘zi shvedcha "plocka upp", ya’ni "termoq" va inglizcha "jogging", ya’ni "sekin yugurish" demakdir).

Yoshlar o‘z tashabbuslarini quyidagicha izohlaganlar:

"Birinchidan, biz yugurishni yaxshi ko‘ramiz. Ikkinchidan biz o‘z shahrimizni yaxshi ko‘ramiz, va u toza bo‘lishini xohlaymiz. Va uchinchidan, oralarimizda bu ishni shunoq ham qilganlar bor, faqat ular bu ish "plogging" deb nomlanishini bilmagan. Biz ko‘pincha o‘z marshrutlarimizda yoki tog‘da, ariq, daryo yoqasida musor terganmiz. Endi yugurib shaharda ham teramiz".

Toshkentda Navro‘z oldi marafoni boshlandi
Postda aytilishicha, Yugurish va jismoniy tarbiya maktabi o‘quvchilari o‘zlari uchun bir nechta marshrutlarni shakllantirib olishgan va ulardan quvonch bilan, trotuar va gazonlardagi musorlarni xushchaqchaqlik bilan terib borishni rejalashtirgan.

Maktab o‘z aksiyasi haqida foto va video hisobot tayyorlashini ham ma’lum qilgan.

"Maqtanish uchunmas, dalil uchun", — deyiladi xabarda.

Guruh barchani "ProRun-Hashar" aksiyasiga qo‘shilishga chorlagan.

"Tumanlaringizda ham yugurgani chiqing, o‘tkir nigohingiz ila musorlarni topib, uni oling va — paketga soling! Faqat xavfsizlik choralari haqida unutmang. Qalin yelimli qo‘lqopni albatta kiying! Keyin biz paketlarning hammasini musorkalarga, ularning joyiga olib boramiz", — degan yoshlar.

"Musorni terish — uyat emas, musor qilish uyat!

Shaharimizni birgalikda tozalaymiz!", — deb yakunlangan murojaat.