O‘zbekiston hududida zilzila qayd etildi

Zilzila markazi Toshkent shahridan 360 km. uzoqlikda janubiy yo‘nalishda Tojikiston Respublikasi hududida kuzatilgan.
Sputnik

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 30-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:54 da O‘zbekiston hududida yer silkinishi qayd etildi, deb xabar qildi FVV axborot xizmati. 

Zilzila markazi Toshkent shahridan 360 km. uzoqlikda janubiy yo‘nalishda Tojikiston Respublikasi hududida kuzatilgan. Zilzila magnitudasi markazda 5,8 ballni tashkil etdi.

FVV axborot xizmatiga ko‘ra, 2 balllik zilzila kuchi Toshkent shahrida, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida qayd etildi. O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.