Jumladan, Toshkentda 26-27 mart kunlari Afg‘oniston bo‘yicha "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik" nomli yuqori darajali xalqaro anjumani o‘tkazildi.
Kuni kecha, 29-mart kuni Oliy Majlis Senatining XIV yalpi majlisi boshlandi. Unda 13 ta yangi qonun ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Bugun, 30-mart kuni Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Prezident tashrifi doirasida Zarbdor tumanidagi "Zarbdor tekstil" mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldi. Prezident to‘qimachilik, kimyo, farmatsevtika sohalarini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etishga doir loyihalar bilan tanishdi.
O‘tgan haftaning mudhish voqealardan esa Kemerovoda "Zimnyaya vishnya" savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inda 64 nafar kishi qurbon bo‘ldi, ular orasida 41 nafari bolalar. 25 nafar qurbonlarning shaxsi aniqlandi, kasalxonalarda 14 nafar kishi qolmoqda.
28 mart kuni Rossiyada umumxalq motam kuni e’lon qilindi. Rossiyaning ko‘plab shaharlarida, shuningdek yaqin xorijiy davlatlarda yong‘in qurbonlari xotirlandi.