Ravshan Ermatov va uning brigadasi JCh-2018da hakamlik qiladi

O‘zbekistonlik FIFA referisi, Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami Ravshan Ermatov jahon chempionatlarida hakamlik qilish bo‘yicha dunyo rekordi sohibi hisoblanadi
Sputnik

TOShKENT, 30 mar – Sputnik. FIFA Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular safidan o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov ham o‘rin olgan. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Ravshan Ermatov Rossiyada Konfederatsiyalar Kubogi o‘yinlarida hakamlik qiladi

Rossiyadagi mundialda Ravshan Ermatovga yordamchilari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi.

FIFAning Hakamlar qo‘mitasi e’lon qilgan ro‘yxatga jami 36 nafar bosh hakam va 63 nafar yon hakam kiritilgan.

O‘zbekistonlik FIFA referisi, Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami Ravshan Ermatov jahon chempionatlarida hakamlik qilish bo‘yicha dunyo rekordi sohibi hisoblanadi. U 2010 va 2014-yilgi Jahon chempionatlarida jami 9ta o‘yinda bosh hakamlik qilgan. Endilikda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarda ham Ravshan Ermatov hakamlik qiladigan bo‘lsa, uning rekordini yaqin orada hech kim yangilay olmasligi aniq.

Ravshan Ermatov "Buyuk xizmatlari uchun" va "El-yurt hurmati" ordenlari va "O‘zbekiston iftixori" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.