Prezident 30-mart kuni Jizzax viloyatiga boradi

Prezident tashrifi davomida viloyatning bugungi hayoti, belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan tanishish, faollar bilan yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan
Sputnik

TOShKENT, 29 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ertaga, 30-mart kuni Jizzaxga boradi. Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Komil Allamjonov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Matbuot kotibining yozishicha, prezident tashrifi davomida viloyatning bugungi hayoti, belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan tanishish, faollar bilan yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning 6-noyabr kuni Jizzaxda bo‘lgan hamda atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etgandi.