TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekiston temir yo‘llari Issiq ko‘l yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdlarga chegirmalar e’lon qildi, kompaniya matbuot xizmati xabariga asosan.
2018 yilning 22-martidan boshlab 455-sonli "Toshkent — Ribachye — Toshkent" halqaro poyezdiga quyidagi chegirmalar joriy etildi.
Kupe va lyuks vagonlari uchun:
- Chiptalar poezd jo‘nashidan 31-45 kun avval xarid qilinsa — 45%;
- Chiptalar poezd jo‘nashidan 30- 6 kun avval xarid qilinsa — 35%.
Plaskart vagonlari uchun:
- Chiptalar poezd jo‘nashidan 31-45 kun avval xarid qilinsa — 35%;
- Chiptalar poezd jo‘nashidan 30-6 kun avval xarid qilinsa — 25%.
Agar yo‘l chiptalari bitta mamlakat tasarrufida yurish uchun olinadigan bo‘lsa, ushbu chegirmalar joriy etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 22-martidan boshlab 455-sonli "Toshkent — Ribachye — Toshkent" xalqaro poyezdining muntazam harakati yo‘lga qo‘yilgan edi.