Britaniya Afg‘oniston va O‘zbekiston armiyalari uchun 750 million funt sterling ajratadi

Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vazirining maxsus vakili Garet Beyli ma’lum qilgan
Sputnik

TOShKENT, 28 mar – Sputnik. Buyuk Britaniya Afg‘oniston hamda, O‘zbekiston qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 750 million funt sterling ajratadi. Buyuk Britaniya bosh vazirining maxsus vakili Garet Beyli Toshkentda tashkil etilgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada chiqishi chog‘ida ana shunday qaror qabul qilingani haqida to‘xtalib o‘tgan.

Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish oson ish emas - NATO vakili

Xalq so‘zi” nashrining bildirishicha, u, shuningdek, mazkur davlatda tinchlikka erishish, ushbu jarayondagi barcha to‘siqlar va raqiblarni yengish uchun butun bir avlod umri sarf bo‘lishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 26-27 mart kunlari Toshkentda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Afg‘oniston prezidenti, YeI tashqi siyosat mahkamasi vakili, BMTning Afg‘onistondagi maxsus vakili, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari, 25 davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Mazkur konferensiya tashabbuskori O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hisoblanadi.