TOShKENT, 27 mar — Sputnik. O‘zbekistonliklar Kemerovo fojiasi qurbonlari xotirasiga Rossiya elchixonasi binosi oldiga motam ramzi bo‘lgan shamchiroqlar, gullar va o‘yinchoqlar olib kelishmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.
Shu bilan birga, Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada bir daqiqalik sukut bilan yodga olishdi.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani o‘z chiqishida Kemerovo qurbonlarini xotirlashni taklif qildi. Ashraf G‘ani o‘z so‘zida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Rossiya delegatsiyasiga hamdardlik bildirdi.
Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirgandi.
Vladimir Putin Kemerovoda o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda, bu fojiaga aybdor bo‘lgan barcha shaxslar javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi.
Prezident so‘zlariga ko‘ra, voqea joyida Rossiya Tergov qo‘mita rahbari Aleksandr Bastrikin boshchiligidagi 100 nafar xodimdan iborat tergov guruhi ishlamoqda.
Yakshanba kuni Kemerovo shahridagi 4 qavatli "Zimnyaya vishnya" savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in qurbonlar soni 64 nafarga yetdi, ulardan kamida 8 nafar bolalar. Kasalxonada 13 nafar kishi qolmoqda.