Aslov: terrorizmni yo‘q qilish Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi

Toshkent xalqaro konferensiyasida Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha takliflarni aytib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Toshkentda davom etayotgan "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik" nomli yuqori darajadagi xalqaro anjumanda Tojikiston TIV rahbari Sirojiddin Aslov so‘zga chiqdi.

Afg‘oniston TIV rahbari: terrorizmga qarshi kurash strategiyasini qabul qilish kerak

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha takliflarni aytib o‘tdi.

"Tojikiston Afg‘oniston bilan eng uzun chegaraga ega bo‘lib, har kuni narkotiklar kontrabandasi bilan to‘qnashib keladi. So‘nggi 10-yil davomida Afg‘oniston dunyoda asosiy narkotik moddalarni ishlab chiqaruvchi mamlakat bo‘ldi. Dunyo hamjamiyati narkotik moddalarni ishlab chiqarilishini batamom yo‘q qilish uchun Afg‘onistonga prekursorlarni yetkazib berishni oldini olish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishi zarur. Afg‘onistonning zamonaviy tarixi shuni ko‘rsatmoqdaki, terrorizm va ekstremizmni kuch bilan bartaraf etib bo‘lmaydi. Hozirgi bosqichda Afg‘onistonning ijtimoyi-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahvolini yaxshilash bo‘yicha istiqbolli vazifalariga e’tibor qaratish zarur", — deb ta’kidladi Tojikiston Tashqi ishlar vaziri.

Shuningdek, mamlakatda iqtisodiyotni rivojlantirish va barqarorlikni ta’minlash uchun Afg‘oniston ta’lim sohasini rivojlantirish o‘ta muhimligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

"Ustuvor yo‘nalishlardan yana biri savdo-sotiq sohasidir. Dunyo hamjamiyati Afg‘onistonni mintaqaviy savdo-sotiq sohasiga jalb qilish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rish zarur ", — dedi Sirojiddin Aslov.