Moskva Markaziy Osiyo beshligi orasidagi hamjihatlikni yuqori baholadi

Lavrov Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish borasida Markaziy Osiyodagi o‘zaro muvofiqlikni yuqori baholadi va shu bilan birga Afg‘oniston shimolida IShID tanyach punktlari paydo bo‘layotganidan xavotirda ekanini bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 mar – Sputnik. Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishda Moskva Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi hamkorlikni yuqori baholaydi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Toshkent anjumanida.

“Shuni quvonch bilan qayd etamizki, oxirgi yillarda Markaziy Osiyo beshligi orasidagi munosabatlar ijobiy tomonga o‘sib bormoqda. Bunday o‘zgarish nafaqat ichki muammolarni hal qilish, balkim Afg‘onistonda milliy tinchlik o‘rnatish jarayonini ishga tushirishga ham birgalikda yordam ko‘rsatish imkoni paydo bo‘lmoqda”, — dedi Lavrov.

Shu bilan bir vaqtda, Lavrov Rossiya Afg‘oniston shimolida IShID terrorchilari tomonidan tayanch punktlari tashkil qilinayotganida xavotirda ekanini xabar qildi.  

“U yerda tayanch punktlari tashkil qilinmoqda. Jangarilar lagerlarida Markaziy Osiyo, Rossiya va boshqa mamlakatlar fuqarolari jangovar tayyorgarlikdan o‘tmoqda. Bu esa hududiy va xalqaro xavfsizlikk to‘g‘ridan-to‘ri xavf solmoqda”, —  dedi Lavrov.

Eslatib o‘tamiz, kecha Rossiya TIVi Afg‘onistonda aniqlash belgilariga ega bo‘lgan harbiy vertolotlar paydo bo‘lganini va ular IShID jangarilarini Afg‘onistonning shimoliy hududlariga tashib o‘tayotganinidan xavotirda ekanini xabar qilgan edi.

Toshkent anjumanida Afg‘oniston prezidenti, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya TIV rahbarlari, BMT, YeI, NATO va KXShT maxsus vakillari hamda Qatar, AQSh, Fransiya, Italiya, BAA va Yaponiya TIV vakillari ishtirok etishmoqda.