Abdildayev: Afg‘oniston bilan uch tomonlama agrosanoat konsorsiumini tuzishni taklif qilamiz

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha takliflarni aytib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Toshkentda davom etayotgan xalqaro anjumanda Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida agrosanoatni rivojlantirish bo‘yicha uch tomonlama konsorsium tuzish va mashinasozlikni rivojlantirish takliflari bildirildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Aslov: terrorizmni yo‘q qilish Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha takliflarni aytib o‘tdi.

"Biz sanoatni rivojlantirish va ijtimoiy masalalarda yaqindan hamkorlik qilish Afg‘oniston uchun faqat foyda keltiradi, deb bilamiz. Shu tufayli, Tojikiston ishtirokida Qirg‘iziston va Afg‘oniston o‘rtasida uch tomonlama agrosanoatni rivojlantirish bo‘yicha konsorsium tuzishni taklif qilamiz. Shuningdek, bosh shtabi Bishkek shahrida ish olib boruvchi Afg‘oniston masalalarini tadqiq etuvchi markazni ishga tushirish lozimligini aytmoqchiman. Bu markaz Afg‘oniston, shu jumladan butun mintaqa uchun dolzarb bo‘lgan masalalarni hal qilish uchun noyob maydon bo‘lishi mumkin. Ushbu loyihani hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha istak bildirgan tomonlarning takliflarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz. Afg‘oniston tiklanishi uchun ta’lim va madaniyat sohalari o‘ta muhim o‘ringa ega. Afg‘onistonda malakali kadrlarga ehtiyoj mavjud. Bugungi kunda uch yuzdan ortiq afg‘onistonlik yoshlar Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda. O‘ylaymanki, bu tajriba boshqalar uchun ham foydali bo‘ladi», — deb ta’kidladi Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev.