Shennon: Mirziyoyevning jasoratiga tan berish kerak

Yaxshi qo‘shnichilik siyosati juda muhim qadam. Buning uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevning jasorati va qat’iyatiga tan berish kerak
Sputnik

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. 26-mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev siyosiy masalalar bo‘yicha AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennonni qabul qildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

"Tolibon" harakati Toshkent anjumanida ishtirok etmaydi
Tomas Shennon O‘zbekistonga "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" yuqori darajali xalqaro anjumanda ishtirok etuvchi delegatsiya rahbari sifatida tashrif buyurgan.

"Prezident Tramp O‘zbekiston Prezidentiga chuqur hurmat bilan qaraydi. Ular ilk bor Ar-Riyodda uchrashishdi. Keyin yana bir necha uchrashuvlar bo‘ldi. Har doim barcha masalalar bo‘yicha o‘zaro anglashuv bo‘lgan.

Yaxshi qo‘shnichilik siyosati juda muhim qadam. Buning uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevning jasorati va qat’iyatiga tan berish kerak. Bu Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlangan konferensiyani tashkil etishda ham namoyon bo‘ldi. Judayam muhim, aytish mumkinki, revolyutsion bunday qadamlar ko‘plab qiyin masalalarni hal etish va munosabatlarni yaxshilashga xizmat qiladi", — degan o‘z nutqi davomida.