"Tolibon" harakati Toshkent anjumanida ishtirok etmaydi

Ilgariroq O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etish bo‘yicha "Tolibon"dan murojaat olmaganini ma’lum qilgan edi
Sputnik

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjumanida "Tolibon" harakati vakillari ishtirok etmaydi.

Juda muhim hujjat: Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi

Bu haqda dushanba kuni simpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda matbuot xizmati rahbari Sherzod Qudratxo‘jayev xabar qildi.

""Tolibon" delegatsiyasi bugun va ertaga konferensiyada ishtirok etmaydi, buni rasman ma’lum qilaman", — dedi Qudratxo‘jayev.

Eslatib o‘tamiz, 23-mart holatiga ko‘ra, anjumanda ishtirok etish taklifini quyidagilar tasdiqlaganlar: BMTning Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Tadamichi Yamamoto, BMT Bosh kotibining maxsus vakili — MOPDMM rahbari Natalya German, Yevrokomissiya vitse-prezidenti, Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini, Rossiya, Turkiya, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston TIV rahbarlari, Hindiston Tashqi ishlar masalalari davlat vaziri, AQSh, Xitoy, Eron, Saudiya Arabistoni va Turkmaniston tashqi ishlar muassasalari rahbarlari o‘rinbosarlari, Buyuk Britaniya, Germaniya. Italiyaning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha bo‘yicha maxsus vakillari, Yaponiya TIV maxsus maslahatchisi, Qatar TIVning maxsus elchisi. Shuningdek, NATO, ODKB, Fransiya va Birlashgan Arab Amirliklaridan oliy martabali delegatsiyalari.