TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Rossiyaning Kemerovo shahrida yong‘inda 50dan ortiq kishi qurbon bo‘lishi munosabati bilan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kemerovo shahrida ro‘y bergan yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, Rossiya xalqi, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi”, — deyilgan rasmiy xabarda.
Kecha yakshanba kuni Kemerovo shahridagi ko‘p qavatli savdo markazida yong‘in chiqishi oqibatida 51 kishi qurbon bo‘lgan edi. Qurbonlar orasida 10ga yaqin maktab yoshidagi bolalar ham borligi aniqlangan.
Prezident matbuot xizmati xabariga asosan.