Juda muhim hujjat: Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi

Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi 3 ta asosiy tamoyillarni o‘z ichiga oladi
Sputnik

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjuman yakunida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi.

Sodiq Safoyev: Toshkent jarayoni boshlanmoqda

Bu haqda dushanba kuni simpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda matbuot xizmati rahbari Sherzod Qudratxo‘jayev xabar qildi.

Hujjat quyidagi tamoyillarni o‘z ichiga oladi:

1.      Afg‘on xalqi o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi kerak;

2.      Qurollangan oppozitsiya Afg‘oniston siyosiy jarayoniga intergratsiya qilishi lozim;

3.      Terrorizm va transmilliy terrorizm butun dunyoda tinchlik uchun umumiy tahdid sifatida qaraladi.

Deklaratsiya kuni kecha batafsil muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent anjumanida kimlar ishtirok etadi

Eslatib o‘tamiz, 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjumanning tantanali ochilish qismida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani chiqish qilishi kutilmoqda.

23 mart holatiga ko‘ra, anjumanda ishtirok etish taklifini quyidagilar tasdiqlaganlar: BMTning Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Tadamichi Yamamoto, BMT Bosh kotibining maxsus vakili — MOPDMM rahbari Natalya German, Yevrokomissiya vitse-prezidenti, Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini, Rossiya, Turkiya, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston TIV rahbarlari, Hindiston Tashqi ishlar masalalari davlat vaziri, AQSh, Xitoy, Eron, Saudiya Arabistoni va Turkmaniston tashqi ishlar muassasalari rahbarlari o‘rinbosarlari, Buyuk Britaniya, Germaniya. Italiyaning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha bo‘yicha maxsus vakillari, Yaponiya TIV maxsus maslahatchisi, Qatar TIVning maxsus elchisi.

Shuningdek, NATO, ODKB, Fransiya va Birlashgan Arab Amirliklaridan oliy martabali delegatsiyalar ishtirokini kutmoqda.