Toshkent – Chimkent velopoygasi muvaffaqiyatli yakunlandi

Qozog‘istonda O‘zbekiston yili e’lon qilinishi munosabati bilan Toshkentda “Toshkent – Chimkent” xalqaro velopoygasi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Shanba kuni ertalab Toshkentda 200ga yaqin velosipedchilar Qozog‘iston diplomatik vakolatxonasi yonida jamlanishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston velosport federatsiyasi, Qozog‘iston elchixonasi, Chimket shahar hokimiyati tomonidan tashkil qilingan ushbu velopoyga haqiqiy bayramga aylandi. Poyga ochilish marosimida o‘zbek karnay-surnaylari sadolari hamda qozoq oqinlari qo‘shiqlari ostida bo‘lib o‘tdi.

Velopoygada shaxsan ishtirok etayotgan, Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Erik Utembayev aytishiga qaraganda ushbu sport tadbiri ikki xalq orasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash uchun muhim rol o‘ynaydi.

Posol Kazaxstana v Uzbekistane Yerik Utembayev na veloprobege Tashkent - Shimkent

Uzoq masofaga (125 km) mo‘ljallangan velopoygaga 3 oy davomida jiddiy jiddiy tayyorgarlik ko‘rildi: har bir ishtirokchi tibbiy ko‘rikdan, velospiyedlar texnik nazoratdan o‘tkazildi. Undan tashqari yo‘nalishning har 25 kilometrida pit-stop tashkil qilindi. U yerda sportchilar dam olib, suv va yengil ovqatlar iste’mol qilishlari mumkin bo‘ldi.

Ishtirokchilardan 140 nafardan ortig‘i Qozog‘iston vakillari va 50 nafari O‘zbekiston vakillari edi. Velopoygachilarning eng yoshi 11 yoshli maktab o‘quvchisi, eng keksasi esa 60 yoshli edi. Tashkilotchilar xabariga ko‘ra, ishtirokchilarning  aksariyati havaskorlar velosipedchilar, professonal sportchilar esa 10 kishi atrofida bo‘lgan.

Mejdunarodniy veloprobeg v chest Goda Uzbekistana v Kazaxstane

Toshkentda ertalab soat 10:00 da yo‘lga chiqqan poygachilar 6 soatdan keyin masofaning asosiy qismini bosib o‘tishga ulgurishdi. Marafonning ikki eng murakkab nuqtasi: o‘zbek – qozoq chegarasi va Kazigurt dovoni ham muvaffaqiyatli o‘tildi. Marafonni tashkilotchilarining bir necha oylik hatti-harakati zoe ketmadi. Uzoq yo‘ldan charchab, poygani davom ettirishni istamagan ishtirokchilar maxsus avtobuslarda Chimkentgacha olib kelindi.   

Velopoyga kechga yaqin Chimkentdagi ma’muriy-ishbilarmonlik markazi yonidagi maydonda yakuniga yetdi. Bayramona ruhda o‘tgan velopoyga O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlarining azaliy do‘stligini yana bir bor namoyish qildi.