O‘zbekiston MDH moliyaviy razvedka xizmatlari rahbarlari Kengashiga a’zo bo‘ldi

Kengash faoliyati mamlakatlar moliyaviy razvedka xizmatlari orasida o‘zaro hamkorlik qilish, tezkor axbrot almashuvi, kadrlar malakasini oshirishni tashkil qilishga qaratilgan.
Sputnik

TOShKENT, 22 mar – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston MDH mamlakatlari moliyaviy razvedka xizmatlari rahbarlari Kengashiga qo‘shilish haqidaga qarorga imzo chekdi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

“O‘zbekiston prezidenti Tashqi ishlar vazirligiga yuqoridagi tashkilotga qo‘shilish uchun mamlakat ichida bajarilishi kerak bo‘lgan barcha protseduralar amalga oshirilgani haqidagi bayonotni MDH Ijroiya qo‘mitasiga yuborishni topshirdi”, — deyilgan vazirlik xabarida.   

O‘zbekistonda MDH Moliyaviy razvedka rahbarlari Kengashi shartnomasi uchun javobgar muassasa – Bosh Prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarnilegallashtirishgaqarshikurashishdepartamenti etib tayinlandi,  deyilgan Adliya vazirligi xabarida.

MDH mamlakatlari moliyaviy xizmatlari orasidagi hamkorlik haqidagi Shartnoma dastlab 2012-yil 5-dekabrda Ashxobodda imzolangan edi. Kengash faoliyati mamlakatlar moliyaviy razvedka xizmatlari orasida o‘zaro hamkorlik qilish, tezkor axbrot almashuvi, kadrlar malakasini oshirishni tashkil qilishga qaratilgan.