Moskvada Navro‘z bayrami millatlarni birlashtirdi

Bu yil Moskva 13-marta Navro‘z bayramini kutib oldi. Bayram tantanalarida Navro‘zni azaldan nishonladigan millat vakillari hamda mahalliy aholining faol ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Moskva shahar ma’muriyati bir necha yildan beri Navro‘z bayramini VDNX bog‘ida tashkil qilmoqda.

Moskvada Navro‘z tantanalari 25-mart kuni bo‘lib o‘tadi

Mart oyining oxirida Moskvada o‘rtacha havo harorati —5… —7 daraja sovuq bo‘lgani tufayli, ushbu tadbir har doim yopiq pavilionda tashkil qiladi. Bu yil ham Navro‘z bayrami VDNX bog‘ining 75 pavilioni ichida bo‘lib o‘tdi.

Ichkarida Navro‘z milliy bayram bo‘lgan mamlakatlar va xalqlarning stendlari tashkil qilingan bo‘lib, u yerda bayramga kelganlar milliy taomlar, suvenirlar va liboslar bilan tanishini va sotib olishi mumkin.

Undan tashqari o‘rnatilgan ulkan sahnada soat 14:00 Rossiya hamda MDH mamlakatlari estrada yulduzlari ishtirokida gala-konser dasturi e’lon qilingan edi.

Festival plova na VDNX

Xoxlovchilar soni ko‘pligi yoki ko‘rilgan xavfsizlik choralari sabami, pavilionga kiraverishda ertalabdan ulkan navbat hosil bo‘ldi. Politsiya xodimlari sabri tugagan mehmonlarni tinchlantirib, tartib saqlashga chaqirishardi.

Ikki yildan beri Navro‘z bayrami kuni palov festivali ham o‘tkazilmoqda. 75 pavilion yonida o‘rnatilgan ulkan qozon va o‘choqlarda turli mamlkatlar o‘z uslublarida palov pishirib mehmonlarga taqdim etdi.

Moskvada Navro‘zni nishonlash migrantlar uchun juda muhim - Habib Abdullayev

O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Qoraqalpog‘istonlik oshpazlar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Doshqozonlarda palovlar birin-ketin pishib tayyor bo‘la boshladi. Palovi tayyor bo‘lgan mamlakat stendi oldida darrov katta navbat paydo bo‘lardi.

Pavilion ichida bayram bahonasida migrantlarga turli xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniyalar ham o‘z xizmatlarini faol reklama qilishardi. Pul o‘tkazmalari bilan shug‘ullanadigan kompaniyalardan biri stendi oldida suratga tushgan har bir kishiga sumalak va esdalik sovg‘alari ulashdi.

Na VDNX v Moskve otmetili Navruz-2018

Navro‘z bayrami bu yil Moskvada rasman 13-marta kutib olinmoqda. Ushbu yillar davomida qadimiy bayram nafaqat azaldan Navro‘zni nishonlab kelgan turkiy va kavkaz millatlari vakillari orasida, balkim oddiy moskvaliklar, rus, ukrain, beloruslar orasida ham juda ommaviylashdi. Bugungi bayramga kelganlar orasida ham mahalliy aholi vakillari, ayniqsa yosh bolali oilalar juda ko‘p edi.

Prazdnovanie Navruza v Moskve

Kelib chiqishi milliy yoki diniy bo‘lmagan Navro‘z, millatlar qozoni bo‘lgan Moskvada,  insonlar orasida o‘zaro hurmat, mehr-muhabbat uyg‘otuvchi hamda bahor, uyg‘onish davri kelganini eslatib, barchaga bir xil quvonch ulashuvchi marosimga aylandi.

V Moskve na VDNX sostoyalsya konsert po sluchayu prazdnovaniya Navruza