Chirchiqlik "padarkush" janjal vaqtida otasini bo‘g‘ib o‘ldirdi

O‘g‘il 2-guruh nogironibo‘lgan otasini bo‘g‘ib o‘ldirdi
Sputnik

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Chirchiqlik "padarkush" janjal vaqtida otasini bo‘g‘ib o‘ldirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Xabarda aytilishicha, hodisa Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 22-mart kuni yuz bergan.

1983 yilda tug‘ilgan B.Irgashev uyida otasi, 2-guruh nogironi, 1961-yilda tug‘ilgan Z.Irgashev bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida, otasini qo‘li bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Irgashev qo‘lga olingan, deb xabar qilgan O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.