O‘zbekistonda yana bir yangi telekanal ochiladi

Telekanalning asosiy mavzusi axborot texnologiyalari, kommunikatsiya va innovatsiyalar bo‘ladi
Sputnik

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. O‘zbekistonda yana bir yangi davlat telekanali paydo bo‘ladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi yangi telekanalda ishlash uchun boshlovchi va jurnalistlikka kasting e’lon qildi. Yoshi va jinsidan qat’i nazar barcha xohlovchilar kastingda o‘zlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

"Telekanalning asosiy mavzusi axborot texnologiyalari, kommunikatsiya va innovatsiyalar bo‘ladi", — deyiladi vazirlik tomonidan.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston teleradiokompaniyalari o‘zaro hamkorlik qiladi

Telekanalda ishlash uchun nomzodlar rus, o‘zbek va ingliz tillarini bilishi, matn yoza olishi, kadrda ishlash uchun yoqimli ko‘rinishga ega bo‘lishi, nutqi ravon, kirishimli va savodli bo‘lishi lozim.

Shuningdek, telekanalga teleoperatorlar, montaj ustalari, 3D-grafikachilari, yoritish texnikasi ustalari, ovoz rejissorlari ham taklif etilmoqda. Ular kamida bir yillik ish tajribasiga ega bo‘lishlari kerak.

Yangi kanal O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Keyingi besh yil davomida O‘zbekistonda "Mahalla", "Dunyo bo‘ylab", "Madaniyat va ma’rifat", "Oilaviy", "Diyor", "Kinoteatr", "Bolajon", Uzreport TV kabi o‘nlab yangi telekanallar ochildi.