O‘zbekistonlik imomlar delegatsiyasi Sverdlovskda bo‘ldi

O‘zbekiston delegatsiyasi masjidlarda bo‘ldi, Yekaterinburgdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari bilan uchrashdi hamda viloyatdagi jazoni ijro etish muassasalariga bordi
Sputnik

TOShKENT, 23 mar – Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi imomlaridan iborat delegatsiya Sverdlovsk viloyatida bo‘lib, bu yerdagi masjid va axloq tuzatish muassasalariga bordi.

Sverdlovsk viloyati musulmonlar idorasi matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘zbekistonlik imomlar delegatsiyasining tashrifi davomida ekstremizm va diniy radikalizmning oldini olishga yo‘naltirilgan ma’naviy-axloqiy ruhdagi tadbirlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi masjidlarda bo‘ldi, Yekaterinburgdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari bilan uchrashdi hamda viloyatdagi jazoni ijro etish muassasalariga bordi. Imomlar jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan musulmonlar bilan suhbatlashishdi.