AQSh Suriyadagi o‘zbek jangarilari guruhini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

Avvalroq guruh katta yoshli jangarilar va bolalarning qurol bilan mashg‘ulot o‘tkazishayotgani tasvirlan videolavhalarni internet orqali namoyish qilgandi
Sputnik

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. AQSh "Jabhat an Nusra" terrorchilik guruhi bilan aloqador bo‘lgan Suriyadagi o‘zbek jangarilari guruhini sansiyalar ro‘yxatiga kiritdi.

Farg‘onalik yigit Suriyada terrorchilar safida jang qilgani uchun 15-yilga qamaldi

"Katibat al Imom Buxoriy " — Suriyadagi yirik o‘zbek jangarilar tashkiloti. Guruh davlat departamenti tomonidan xalqaro terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan boshqa guruhlar, xususan "Al Qoida"Suriyadagi bo‘linmasi "Jabhat an Nusra" tarafida Suriya shimoli-g‘arbidagi janglarda qatnashadi", — deyiladi AQSh tashqi siyosat mahkamasi xabarida.

Avvalroq guruh katta yoshli jangarilar va bolalarning qurol bilan mashg‘ulot o‘tkazishayotgani tasvirlangan videolavhalarni internet orqali namoyish qilgandi.