Allamjonov Rossiya delegatsiyasi bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali Rossiyada O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirishga alohida urg‘u berilgani bildirilgan
Sputnik

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida telekommunikatsiyalar, televidenie va matbuot sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Komil Allamjonov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Allamjonovning yozishicha, Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi — aloqa vazirining o‘rinbosari Aleksey Volin, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev, Rossiya prezidenti boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Dmitriy Fatixov, press-attashe Dmitriy Danilovlar bilan bilan norasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Skrinshot so stranisi press-sekretarya prezidenta Uzbekistana v Facebook

"Telekommunikatsiyalar, televidenie va matbuot sohasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashdik", — deb yozadi Allamjonov.

Uchrashuvda qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali Rossiyada O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirishga alohida urg‘u berilgani bildirilgan.

"Qiziqarli takliflar uchun minnatdorman, O‘zbekistonga xush kelibsiz!", — deya fikrini yakunlaydi prezident matbuot kotibi.