TOShKENT, 22 mar — Sputnik.Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston temir yo‘llari “Toshkent – Termiz” yo‘nalishida elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘ydi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.
Yo‘lovchi va sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida 20-martdan boshlab “Toshkent – Qarshi” yo‘nalishida harakatlanayotgan 4/3 sonli elektropoyezd “Toshkent – Qarshi – Termiz” yo‘nalishida qatnay boshlaydi”, — deyilgan xabarda.
“Toshkent – Termiz – Toshkent ” elektropoyezdlar qatnovi seshanbadan boshqa haftaning har kuni qo‘yidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:
- 4-sonli poyezd, Toshkent – Termiz, 08:50 – 20:16;
- 3-sonli poyezd, Termiz – Toshkent, 06:50 – 18:44;
Eslatib o‘tamiz, 21-mart kuni O‘zbekiston Temir yo‘llari uzunligi 355 km bo‘lgan “Buxoro – Miskin” temir yo‘li qurib bitkazilgani haqida xabar bergan edi. Yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l Urganch, Nukus, Qo‘ng‘irot va boshlqa yo‘nalishlarda poyezdlar bosib o‘tayotgan yo‘lni 100 kilometrga yaqin qiladi.