Birinchi o‘rinda: o‘zbekistonliklar Rossiyadan uylariga qancha pul jo‘natishdi

MDH mamlakatlari ichida pul o‘tkazmalari bo‘yicha ikkinchi o‘ringa Tojikiston joylashgan
Sputnik

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik mehnat migrantlari 2017-yilda Rossiyadan pul jo‘natish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallashdi, ular o‘tgan yili vatanlariga 3 milliard 902 million dollar jo‘natishgan.

Moskvada ko‘cha supuruvchilar necha pul maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Mazkur raqamlar Rossiya Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan statistikada keltirilgan.

MDH mamlakatlari ichida pul o‘tkazmalari bo‘yicha ikkinchi o‘ringa Tojikiston joylashgan – 2017-yilda 2 milliard 536 million dollar. Undan keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston — 2,211 milliard dollar va Armaniston — 1 milliard 65 million dollar bilan bormoqda.

Oxirgi o‘rinda Turkmaniston joylashgan — 2 million dollar.

O‘tgan yil oxirlarida o‘zbekistonliklarda vatanlariga pul jo‘natishning yana bir yo‘li paydo bo‘ldi. Naqd rublni UzCard kartasiga o‘tkazish mumkin, so‘ngra kartadagi pul AQSh dollariga konvertatsiya qilinadi. Pul o‘tkazmasini naqd shaklda yechib olish mumkin.