Dushanbedagi ko‘ngilochar bog‘ ochilgan kuniyoq vayron qilindi

Dushanbeda "Afsonalar dunyosi" ko‘ngilochar bog‘i ochilgan kuniyoq attraksionlar sindirildi
Sputnik

TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Dushanbeda Navro‘z bayrami munosabati bilan ochilgan "Afsonalar dunyosi" ko‘ngilochar-madaniyat majmuasi ochilganidan bir necha soat o‘tiboq, u yerdagi karusel va ertak qahramonlarining yarmidan ko‘pi buzildi, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

"Ertalab soat 10da ish boshladik va bu paytda kirish darvozasi oldiga tumonat odam yig‘ilgandi. Bir soatdan keyinoq yuradigan va ovoz chiqaradigan dinozavrlarning tishlari yo‘qoldi, ayrimlarining esa dumlari uzildi", — deb boshini changalladi park qo‘riqchisi.

Uning aytishicha, parkning 15 nafar xodimi odamlar oqimini boshqara olishmagan va zudlik bilan yana shuncha militsioner chaqirilgan. Ammo militsiya xodimlari ham olomonga qarshi hech narsa qila olishmagan va bir chetga o‘tib sigaret tutatib turavergan.

Soat 16ga kelib "Dunyoi afsona" xodimlari park darvozasini yopishga majbur bo‘lishdi. Bu Dushanbe aholisida norozilik uyg‘otdi.

Kattalar va bolalardan rejadan tashqari tanaffus tufayli sabr qilishlarini so‘rashdi – bu vaqtda ustalar guruhi vayron qilingan attraksionlarni to‘g‘rilash bilan band edi.

"Tushunmayman, nega norozi bo‘lishapti, axir shularni deb ikki marta usta chaqirishimizga to‘g‘ri keldi. Mana, qarang, katta navbat turibdi, biz esa ularni ichkariga qo‘yolmaymiz, ustalar uzilib tushgan detallarni joyiga qo‘yishapti", — dedi qo‘riqchi.

Bu paytda "Afsonalar dunyosi"ga kirish darvozasi oldida jang davom etardi: qo‘riqchilar erkak va ayollardan Disney qo‘rg‘oni darvozasiga osilmaslikni va tartib saqlashni so‘rashar, odamlar esa ichkariga kirishga urinishardi.

Parkda singan attraksionlardan tashqari, ahlat uyumi ham paydo bo‘ldi. "Afsonalar dunyosi" ochilganidan bir necha soat o‘tiboq atrof plastik paketlar, bo‘sh plastik idishlar, salfetkalar va bir marta ishlatiladigan idishlarga to‘lib ketdi.

Park Dunyoi afsona posle otkritiya, arxivnoe foto

"Ular Navro‘z munosabati bilan attraksionlar uch kun bepul ishlaydi deb bekor e’lon qilishdi. Aynan mana shuni deb shuncha olomon paydo bo‘ldi. To‘g‘risini aytsam, buncha odam shunchalik iflos qilib tashlaydi deb o‘ylamagandim. Buni ko‘rganingdan keyin bayram kayfiyati ham yo‘qoladi. Dushanbeda mana shunday go‘zallikni yaratishga uringanlarga rahmim keldi. Afsuski, hamma ham buning qadriga yeta olmas va asray olmas ekan", — deydi bolalarini yetaklab olgan ayol.

Park Dunyoi afsona posle otkritiya, arxivnoe foto

Dushanbedagi "Dunyoi afsona" ko‘ngilochar-madaniyat majmuasi 19-mart kuni ochilgandi. Parkning ochilish marosimida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Dushanbe meri Rustam Imomali qatnashgandi.

Majmua Sadriddin Ayniy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududidagi 2,5 gektar maydonda joylashgan. Parkda 12 yoshgacha bolalar uchun mo‘ljallangan atrraksionli 11-maydon bor. Bu yerda karusellar, voleybol, basketbol, mini-futbol va tennis maydonchalari ham qurilgan. Ammo harakatlanadigan va ovoz chiqaradigan ulkan dinozavrlar alohida e’tiborni jalb etadi.