TOShKENT, 22 mar – Sputnik. Qutqaruvchilar Andijon shahridagi O‘zbekiston ko‘chasida yugurib yurgan buqani tutishdi, deb xabar beradi O‘zbekiston FVV matbuot xizmati.
Xabarda bildirilishicha, Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor raqamiga Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati navbatchilik qismidan Andijon shahrining O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab harakat xavfsizligiga xavf tug‘dirib buqa yugurib yurganligi xabar qilindi va uni tutishda yordam so‘rab murojaat qilindi.
Yetib kelgan qutqaruvchilar arqonlar yordamida tuzoq tayyorlab buqani ushlashdi va egasiga qaytarishdi.
Voqea 8-mart kuni ro‘y berganligi va hech kim zarar ko‘rmaganligi aytilmoqda.