TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Pokiston TIV rahbari Muxammad Asif va Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif Toshkent anjumanida ishtirok etadi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov.
“Eron Islom Respublikasi TIV rahbari Javad Zarif hamda Pokiston islom Respublikasi TIV rahbari Muhammad Asiflarning qatnashishi tasdiqlandi”, — deb yozgan Allamjonov o‘zining Facebookdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil qilinayotgan, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishgan bag‘ishlangan "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzusidagi konferensiya Toshkentda 26-27 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda Yevropa Ittifoqi va BMTvakillari hamda 20dan ortiq mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari, hamda maxsus vakilari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Publikatsiya ot Komil Allamjonov (@k_allamjonov) 20 Mar 2018 v 8:49 PDT