Bu yil o‘zgacha: O‘zbekiston Navro‘zni nishonlamoqda

Sputnik

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kunning birinchi yarmida Navro‘z ayyomini Toshkent shahrida — "O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazmalar markazida diplomatik korpus vakillari, xorijiy do‘stlar va hamkorlar bilan qarshi oldi.

Atrofi va hududi bahor libosi — lola gullarga ko‘milgan "O‘zekspomarkaz"da xorijiy mehmonlarga va barcha ishtirokchilarga rejissor Bahodir Yo‘ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan konsert dasturi taqdim etildi.

Assalom Navro‘z: Toshkent bahor bayramini qanday kutib oldi

Butun respublikadan to‘plangan badiiy jamoalar o‘z dasturlari bilan tomoshabinlarni xushnud etdilar.

Xalq artistlari: Sherali Jo‘rayev, Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov, Nasiba Abdullayeva, Gulsanam Mamazoitova va boshqa san’atkorlarning "Navro‘z", bahor, Vatanga atalga kuy-qo‘shiqlari yangrab o‘tdi.

Milliy raqslardan tortib "Kalinka"gacha ijro etildi.

Bu yil O‘zbekiston Navro‘z ayyomini besh kun davomida nishonlaydi. Bayram oldidan respublikaning barcha hududlarida umumxalq hashari o‘tkazilib, unda 20 millionga yaqin fuqarolari ishtirok etdilar. Ikki kun ichida hashar ishtirokchilari 22 million daraxt ko‘chatlari, 14 million gul ko‘chatlarini ekdilar va 45 ming gektardan ziyod hududni, 8 ming qabristonni obodonlashtirdilar, 27 ming kilometr ariqlar mana shu hashar yordamida tozalandi.

1 / 16
Toshkentda Navro‘z kuni quyosh charaqladi.
2 / 16
Shavkat Mirziyoyev Navro‘z ayyomida.
3 / 16
Toshkentda Navro‘z kuni quyosh charaqladi.
4 / 16
Milliy raqslardan tortib "Kalinka"gacha ijro etildi.
5 / 16
Atrofi va hududi bahor libosi — lola gullarga ko‘milgan "O‘zekspomarkaz"da xorijiy mehmonlarga va barcha ishtirokchilarga rejissor Bahodir Yo‘ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan konsert dasturi taqdim etildi.
6 / 16
Bahoriy gullar va milliy qo‘g‘irchoqlar bilan bezatilgan sahnaviy ko‘rinishlar, dorbozlar chiqishi, karnay-surnay sadolari, maftunkor raqqosalar va mohir raqqoslar ijrosi mehmonlar ko‘nglini tog‘dek ko‘targan bo‘lsa, vaqti-vaqti bilan sahna ustidan yog‘dirilgan "kumush yomg‘ir" dasturga sehr bag‘ishladi.
7 / 16

8 / 16

9 / 16
O‘zbekiston prezidenti xorijiy hamkorlar va diplomatik korpuslar vakillari bilan qo‘l berib, ko‘rishib chiqmoqda. Toshkent, 2018-yil, 21-mart
10 / 16
Darbozlar chiqishi. Toshkent, Navro‘z, 2018-yil 21-mart
11 / 16
Milliy raqs, Navro‘z, 2018-yil 21-mart
12 / 16
Toshkentdagi Navro‘z ayyomi. Xalq artisti Farrux Zokirov kuylamoqda.
13 / 16
Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Navro‘z ayyomida.
14 / 16
Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Navro‘z ayyomida
15 / 16
O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi konsullik vakolatxonasida 2018-yil 14-mart kuni mamlakatning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan tadbirdan so‘ng Navro‘z dasturxoni yozildi.
16 / 16