Shavkat Mirziyoyev yurtga qut-baraka, xalqqa tinchlik-farovonlik tiladi

Shavkat Mirziyoyev odamlar bilan ko‘rishib, suhbatlashdi. Bog‘ bo‘ylab har bir hududning badiiy chiqishlarini tomosha qildi. Barchani Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Sputnik

TOShKENT, 21 mar – Sputnik. Toshkent shahridagi "O‘zekspomarkaz" bog‘ida bo‘lib o‘tgan Navro‘z bayrami tadbirlarida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bayram to‘ydek o‘tadi: ko‘hna Samarqand Navro‘zni nishonlashga shay

"Shavkat Mirziyoyev odamlar bilan ko‘rishib, suhbatlashdi. Bog‘ bo‘ylab har bir hududning badiiy chiqishlarini tomosha qildi. Barchani Navro‘z bayrami bilan tabrikladi. Yurtimizga qut-baraka, xalqimizga tinchlik-farovonlik tiladi", — deyiladi xabarda.

Bayram tadbirida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, hukumat a’zolari, turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

Navro‘z bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shahar, tuman, qishloq va ovullarda umumxalq sayillari shaklida o‘tkazilmoqda.