"O‘zbekiston havo yo‘llari" Samarqandga qo‘shimcha reyslar joriy etdi

Qo‘shimcha reyslar Navro‘z kuniga kiritilgan
Sputnik

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Samarqandga qo‘shimcha reyslar joriy etildi, deb xabar qildi "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK matbuot-xizmati.

"Bayram kunlarida qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida "O‘zbekiston havo yo‘llari" qo‘shimcha reyslarni joriy etadi", — deyiladi xabarda.

HY 045 Chorshanba, 21-mart, Toshkent — Samarqand, uchish vaqti 11:15, qo‘nish 12:05

HY 046 Chorshanba, 21-mart, Samarqand — Toshkent, uchish vaqti 13:05, qo‘nish 13:50.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi Navro‘z bayrami munosabati bilan 18, 19, 20, 21 va 22-mart kunlari amalga oshiriladigan barcha ichki qatnovlarga chegirmalar e’lon qilgan edi.