Toshkentda Navro‘z oldi marafoni boshlandi

"Navro‘zni sog‘lom turmush tarzi bilan qarshi olamiz", - deb yozgan o‘zining Feysbukdagi sahifasida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev
Sputnik

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Bugun O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida va butun Respublika hududida Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan "Naro‘z 2018" marafoniga start berildi.

Minglab O‘zbekiston yoshlari ushbu marafonda ishtirok etmoqda.

"O‘zbekiston yoshlarining kayfiyati a’lo. Respublika bo‘ylab Yoshlar ittifoqi marafoni start olish arafasida… Bizni kuzatib boring", — deb yozgan Quronboyev o‘zining Feysbukdagi sahifasida.

Toshkent shahrida yoshlar "Paxtakor" stadionida yig‘ilishgan.

Start berilishidan oldin marafon ishtirokchilari "O‘zbekiston, O‘zbekiston" deya hayqirib turdilar.

Toshkentning markaziy ko‘chalarida harakat to‘sib qo‘yilgan, yo‘llar chetida Ichki ishlar xodimlari o‘zlarining bayramona formalarda jamoat tartibini saqlab turibdilar.

Marafon v Tashkente

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Yengil atletika federatsiyasi hamkorligida qabul qilingan "21 mart "Navro‘z" umumxalq bayramiga bag‘ishlangan "Yoshlar marafoni"ni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida"gi qo‘shma qaroriga ko‘ra, joriy yilning 20-mart kuni soat 09:00 dan 12:00 ga qadar Toshkent shahrida "Yoshlar marafoni" o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.