Navro‘z kunlari transport harakati cheklanadigan ko‘chalar e’lon qilindi

Bayram kunlari Toshkent shahrining markazi, madaniyat va istirohat bog‘lari va saylgohlar yaqinida joylashgan bir necha ko‘chalarda transport harakati cheklanishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 19 mar – Sputnik. Toshkent shahar IIBBning Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berishiga ko‘ra, 2018-yilning 20-22 mart kunlari soat 06:00 dan 21:00gacha quyidagi ko‘chalarda  barcha turdagi transport vositalarining harakati cheklanadi, muassasa xabariga asosan.

  • Ko‘rgazma ko‘chasi – KXAY ko‘chasidan Korxoji ota ko‘chasiga qadar;
  • Sandiqqo‘rg‘on 4-tor ko‘chasi – KXAY ko‘chasidan Korxoji ota ko‘chasigacha;
  • Sandiqqo‘rg‘on 3-tor ko‘chasi – KXAY ko‘chasidan Korxoji ota 1-tor ko‘chasigacha;
  • A.Po‘lat ko‘chasi – Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasigacha;
  • Usta Shirin ko‘chasi – Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasigacha;
  • Korxoji ota 1-tor ko‘chasi – Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasigacha;
  • Korxoji ota ko‘chasi – Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasigacha;
  • Labzak ko‘chasi – Qodiriy ko‘chasidan Zulfiyaxonim ko‘chasigacha;
  • A.Qodiriy ko‘chasidan Labzak ko‘chasiga tushish yo‘li.

Shuningdek, 20-22mart kunlari Navro‘z bayram tadbirlari o‘tkaziladigan madaniyat va istiroxat bog‘lariga tutash ko‘chalarda xalq sayli vaqtida vaziyat taqozo etganda transport vositalarining qatnovi vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.