Xalq ta’limi vazirligi: hashar - mehr-oqibatni mustahkamlaydi

Xalq ta’limi vazirligi shu kechayu-kunduzda umumxalq xayriya hasharida o‘qituvchilar va o‘quvchilar ham ishtirok etayotganliklari haqida xabar berdi
Sputnik

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Joriy yilning 18-19 mart kunlari respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida ham umumxalq xayriya hashari o‘qituvchilar, o‘quvchilar va jamoatchilik vakillari ishtirokida uyushqoqlik bilan o‘tmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi matbuot-xizmati.

O‘zbekistonda Navro‘z arafasida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
"Hashar — xalqimizning go‘zal an’analaridan bo‘lib, ezgu maqsad yo‘lida insonlarni jipslashtiradi, mehr-oqibatni mustahkamlaydi, atrof-muhit ozodaligini ta’minlashga hissa qo‘shadi.

Ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan xayriya hasharidan ko‘zlangan maqsad ham Navro‘z umumxalq bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, ta’lim muassasalarini obodonlashtirishdan iborat.

Qolaversa, bu kabi umumjamoaviy xayriya ishlari o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida o‘zaro hurmatning oshishiga xizmat qiladi, pedagoglar jamoasini birlashtiradi, o‘quvchilarda atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkor munosabtda bo‘lish, tozalikka rioya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi", — deyiladi xabarda.

Vo vsenarodnom xashare prinyali uchastie uchitelya i ucheniki shkol

Vazirlik xabariga ko‘ra, ikki kunlik xayriya hasharida 2 million nafarga yaqin soha vakillari ishtirok etib, ular tomonidan 1,2 ming gektarga yaqin maydon obodonlashtirildi, 1,1 mln. dan ortiq manzarali, mevali daraxtlar va gul ko‘chatlari ekildi, daraxtlarga shakl berilib, oqlandi.

Vo vsenarodnom xashare prinyali uchastie uchitelya i ucheniki shkol

Umumxalq xayriya hashari natijasida yanada ko‘rkam qiyofa kasb etgan ta’lim maskanlari o‘quvchilarni o‘z bag‘riga tortadi, ularni ilm cho‘qqilarini zabt etish, yangidan yangi bilim olishga chorlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim muassasalarida Navro‘z — umummilliy bayram, sharqona yangi yilni ko‘tarinki, a’lo kayfiyatda kutib olish va nishonlash maqsadida soha xodimlari tomonidan munosib tayyorgarlik ko‘rilmoqda, qo‘shimcha qilingan xabarda.