Bugun Qudratillo Abduqahhorov o‘zining chempionlik kamarini himoya qiladi

Qudratillo Abduqahhorov shu kungacha 13ta jang o‘tkazib ularning barchasida g‘alaba qozongan, 9ta jangni muddatidan oldin yakunlagan
Sputnik

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Bugun o‘zbekistonlik professional bokschi Qudratillo Abduqahhorov o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadigan chempionlik jangida Abduqahhorovga vengriyalik Laslo Tot raqiblik qiladi. Qudratillo o‘zining WBS Silver chempionlik kamarini himoya qiladi.

Qudratillo Abduqahhorov shu kungacha 13ta jang o‘tkazib ularning barchasida g‘alaba qozongan, 9ta jangni muddatidan oldin yakunlagan.

"Olamsport"ning xabar berishicha, bugungi jang "Sport" telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi. Jang translyatsiyasi soat 17:00dan boshlanadi.