Havoda uchadigan gazli sharlardan ehtiyot bo‘ling - Toshkent IIBB

Toshkent IIBB havoda uchadigan gazli sharlar xavfi haqida ogohlantirdi.
Sputnik

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Toshkent IIBB matbuot xizmati noqonuniy sotilayotgan gaz aralashmasi bilan to‘ldirilgan havo sharlarini xarid qilmaslik haqida ogohlantirish berdi.

"Gaz aralashmasi bilan to‘ldirilgan havo sharlari juda xavflidir. Yonuvchi gazli sharlarning chaqnashi uchun birgina cho‘g‘ning o‘zi yetarlidir. Natijada, insonlar jiddiy tan jarohati olib, bayram fojeaga aylanishi mumkin. Shu munosabat bilan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi barchadan hushorlikni yo‘qotmaslikni, noqonuniy sotilayotgan gaz aralashmasi bilan to‘ldirilgan uchuvchi havo sharlarini xarid qilmaslikni so‘radi", — deyilgan Toshkent IIBB xabarida.