"Prezidentlarimizga mingdan-ming rahmat": o‘zbeklar va tojiklar chegara ochilganidan quvonchda

O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari chegaralar ochilgani va vizalar bekor bo‘lgani uchun Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonga minnatdorchilik bildirishmoqda.
Sputnik

"Davlat chegaralarni ochib, ikki xalq hayotini osonlashtirishgani uchun prezidentimiz Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik ishor etamiz", — deb aytdi Konibodom tumanida istiqomat qiluvchi Abduraxmon Tursunov.

"Biz qarindoshlar bilan 15-yil davomida bir-birimizni ko‘rmadik. Bizga yo‘l ochib berilgani uchun katta rahmat. Bu ulkan quvonch", — dedi konibodomlik Farida Karabayeva.