Toshkentning markaziy ko‘chalarida 20-mart kuni harakat cheklanadi

20 mart kuni soat 9dan 12ga qadar "Navro‘z" umumxalq bayramiga bag‘ishlangan "Yoshlar marafoni" o‘tkaziladi
Sputnik

TOShKENT, 16 mar – Sputnik. Toshkent shahrining bir qator ko‘chalarida 20-mart kuni "Yoshlar marafoni" o‘tkazilishi munosabati bilan harakatlanish cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 20-mart kuni "Navro‘z" umumxalq bayramiga bag‘ishlangan "Yoshlar marafoni" o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan 20-mart kuni soat 9:00 dan 12:00ga qadar Nukus ko‘chasi (Nukus, A.Qodiriy, Abay, A.Navoiy, Sh.Rashidov, Mustaqillik ko‘chalari)dan "Paxtakor" markaziy stadionigacha bo‘lgan ko‘chalar (Glinka, Oybek, A.Temur, Mustaqillik, Sh.Rashidov, Abay, Sebzor, Navoiy, Yusuf Xos Xojib ko‘chalari)da harakatlanish cheklanadi.