O‘zbekistonlik futbolchi Rossiyaning "Anji" klubiga o‘tdi

Ofitsialniy mach chempionata mira po futbolu 2018 Telstar 18
Uning transfer summasi 1 million yevro deb ko‘rsatilgan
Sputnik

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Toshkentning "Bunyodkor" klubi futbolchisi Dostonbek Hamdamov Mahachqalaning "Anji" klubiga o‘tdi. Bu haqda RFPLning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Dostonbek Hamdamov 15-mart kuni "Anji"ning Rossiya chempionatida ishtirok etadigan qaydnomasidan joy olgan.

Transfermarkt.de saytida uning transfer summasi 1 million yevro deb ko‘rsatilgan.

Hamdamov "Bunyodkor" safida o‘tgan mavsumda 30 uchrashuv o‘tkazib, 14 ta gol urishga erishgan.