Milliy xavfsizlik xizmati nomi o‘zgartiriladi

Shavkat Mirziyoyev Milliy xavfsizlik xizmati faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi
Sputnik

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milliy xavfsizlik xizmati faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri mahalliy OAVlarga asoslangan holda. 

Unga ko‘ra, xizmat nomi Davlat xavfsizlik xizmati deb o‘zgartiriladi.

Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekistonda konstitutsiyaviy tuzumni himoya qiladigan, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlarga qarshi kurash olib boradigan vakolatli organ sifatida belgilanmoqda.

Ushbu hujjat yaqin vaqt ichida matbuotda to‘liq e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisiga qilgan murojaatida mamlakatimizda Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida qonun qabul qilinishi lozimligini ta’kidlagan.